Jomboylik tadbirkorlar Tyantszinda
Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida investitsion, savdo va turizm biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda viloyatimiz delegatsiyasi tarkibida tumanimiz hokimi Qayum Sobirov va jomboylik ishbilarmon doira vakillari ham ishtirok etyapti.
Forumda viloyat hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, xitoylik investorlarni Samarqandga taklif etdi. Yurtimizga sarmoya kiritgan holda tadbirkorlik qilishga chaqirdi. Xitoy tadbirkorlariga qonun doirasida barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishini bildirdi.
Samarqand viloyatining investitsion jozibadorligi taqdimot qilindi, hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari haqida ma’lumot berildi.