Jomboy tumanida fermer xoʻjaliklari ishtirokida amaliy seminar oʻtkazildi
Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi va suv masalalari boyicha o‘inbosari Samad Saidov, tuman Fermerlar kengashi rahbari Vali Mo‘minov, tuman O‘simliklar karantina va himoyasi agentligi xodimlari hamda qishloq, suv xoʻjaligi tashkilotlari, klaster va fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda 2025-yil hosiliga tayyorgarlik, takroriy ekinlar samaradorligi va ilgʻor tajribalar muhokama qilindi.
Tuman hududidagi 20 ta ilgʻor fermer xoʻjaligi tomonidan takroriy ekinlardan yuqori daromad olingani taʼkidlandi.
Yigʻilish davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlaridan bir maydondan yiliga 2–3 marta hosil yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar” to‘plami tarqatildi.
Shuningdek, quyosh energiyasida ishlovchi “ARAL 01” robot-traktori imkoniyatlari haqida maʼlumot berilib, sabzavot ekinlari maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, zararkunandalarga qarshi ishlovlar, biomahsulotlar tarqatish va feromon tutqichlar o‘rnatish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.