insurez
27-01-2026 19:02

Jamiyatni yemiruvchi illat


Ijtimoiy himoya milliy agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boshqarmasi tashabbusi bilan tuman markazida davra suhbati tashkil etildi.

 

Tadbirda korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari xususida so‘z yuritildi. Korrupsiya nafaqat tizim faoliyatiga putur yetkazishi, balki aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini susaytirishi alohida ta’kidlandi.

 

Shuningdek, davra suhbatida xodimlar faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan moliyaviy muammolarning oldini olish, mehnat jarayonini samarali va sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, hujjatlar bilan ishlashda aniqlik va mas’uliyatni kuchaytirish korrupsiyaning oldini olishda muhim omil ekani qayd etildi.

 

Tadbir davomida ochiqlik, halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. Bu borada har bir xodim o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi, qonun talablariga so‘zsiz rioya etishi lozimligi alohida qayd etildi.

Teglar
- -