insurez
27-01-2026 18:05

Ijtimoiy profilaktika — mahalladagi xavfsizlik garovi


Tuman hokimligida “Ijtimoiy profilaktika” masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Xususan, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, nizoli oilalar bilan ishlashda mediatsiya institutining ahamiyati, adliya organlarining huquqiy targ‘ibot va profilaktika borasidagi vazifalari haqida ma’lumot berildi. Tadbirda ijtimoiy muammolarning oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash hamda mahalla va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

Teglar
- -