Energiyani tejash — bugunning talabi, ertaning kafolati
Tumanimizda elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Bosh prokurori o‘rinbosari Salom Samadov, tuman hokimi Xurshid Nazarov hamda tegishli soha va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida energiya resurslaridan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish hamda muqobil energiya manbalarini amaliyotga keng joriy etish orqali aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini barqaror ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tabiiy resurslarni asrash, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Seminar ishtirokchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida quyosh panellari, energiya tejamkor uskunalar va zamonaviy texnologiyalar namoyish etilib, ularning afzalliklari va kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.











