Sa’dullayev Akram Bahriddinovich, 1978-yil 21-noyabrda Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2004-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1996-yilda Samarqand shahridagi respublika olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurti xazinachisi sifatida boshlagan.
1997-2003-yillarda viloyat ortopediya jarrohlik shifoxonasi hisobchi-iqtisodchisi, 2003-2005-yillarda viloyat teri tanasil kasalliklari dispanseri bosh hisobchisi, 2005-2007-yillarda viloyat moliya boshqarmasining budjetdan mablag‘ oluvchilarning shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning xarajatlari to‘lanishini nazorat qilish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi vazifalarida mehnat qilgan.
2007-2009-yillarda viloyat bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasining moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish guruhi boshlig‘i, 2009-2019-yillarda Jomboy tumani bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yilda Jomboy tuman hokimi o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
2023-yil 9-fevralda tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
Tuman hokimligi apparatiga hamda tumanda iqtisodiyot va tadbirkorlik kompleksiga rahbarlik qiladi. Sohaga aloqador qonunlar, Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, xalq deputatlari tuman kengashi va tuman hokimi qarorlari ijrosini ta’minlaydi.
Iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkillashtiradi. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlaydi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijro qilish, debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi.
Iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtiriadi. Aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatishga intiladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarini kafolatli ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalarga asos solish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish kabi uzviy ishlarga rahbarlik qiladi.
Sa’dullayev Akram Bahriddinovich
Lavozimi: Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Qabul kunlari:Dushanba
E-mail:a.sadullayev@samarkand.uz
Telefon raqami:+998 (90) 604 86-46