insurez

Rahbaryat


  • Rajabov Jo‘rabek Sanaqulovich


    Lavozimi: Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari


    Qabul kunlari:Juma


    E-mail:sanakulovich@samarkand.uz


    Telefon raqami:+998 (94) 53475-57

  • Rajabov Jo‘rabek Sanaqulovich, 1979-yil 9-avgustda Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001-yilda Jizzax davlat pedagogika instituti, 2003-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi geografiya-iqtisodiy bilim va tadbirkorlik asoslari o‘qituvchisi, mehnat-iqtisodiyoti.

    Mehnat faoliyatini 2001-yilda Samarqand shahridagi 8-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2002-2006-yillarda Samarqand shahridagi 2-son pedagogika bilim yurti o‘qituvchisi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, 2006-2012-yillarda Siyob pedagogika kollejining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2012-2013-yillarda ushbu kollejning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2013-2018-yillarda Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kollejining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2018-2020-yillarda kollej direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2020-yil 7-sentabrdan Jomboy tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.

    Tumanda ijtimoiy soha kompleksiga rahbarlik qiladi. Jumladan:

    – Umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari moddiy texnik bazasini yaxshilash, ta’lim sifat-samaradorligini oshirish;

    – Tibbiyot muassasalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

    – Yoshlar siyosati va sport sohasidagi islohotlarni tumanda to‘laqonli, uzviy amalga oshirilishini ta’minlash kabi ishlarga bevosita mas’uldir.