Rahimova Hilola Abdusalamovna, 1979-yil 16-dekabrda Toshkent viloyati, Angren shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yilda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutini, 2006-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan. Mutaxassisligi matematika va informatika o‘qituvchisi, iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 1997-yilda Toshkent viloyati davlat pedagogika institutining informatika kafedrasi operatori sifatida boshlagan. 2003-2004-yillarda Angren shahar kadrlar bo‘limi noziri, 2004-2020-yillarda Samarqand pedagogika kollejining kadrlar bo‘limi noziri vazifalarida ishlagan. 2021-yilda aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki” Jomboy filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, 2022-yilda aksiyadorlik-tijorat “Xalq banki” Bulung‘ur filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2022-yil 26-martdan tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i.
Xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikma olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish asosiy vazifasi sanaladi.
Shuningdek, quyidagilar muhim funksiyalaridan:
Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish;
Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish;
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash;
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni “Ayollar daftari” orqali manzilli qo‘llab-quvvatlash;
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
Oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash va ularning farovonlik darajasini oshirish va boshqalar.
Rahimova Hilola Abdusalamovna
Lavozimi: Tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i
Qabul kunlari:Juma
E-mail:rahimova@samarkand.uz
Telefon raqami:+998 (97) 924 79-16