insurez

Rahbaryat


  • Nazarov Xurshid Aripovich


    Lavozimi: Tuman hokimi


    Qabul kunlari:Payshanba


    E-mail:jomboy.t@umail.uz


    Telefon raqami:+998662304157 (101)

  • Nazarov Xurshid Aripovich, 1979-yil 11-aprelda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent moliya institutini, 2009-yilda davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya hisobi va audit, bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari.

    Mehnat faoiliyatini 1998-yilda ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik tijorat “Paxta banki” Samarqand viloyati boshqarmasining qimmatbaho qog‘ozlar bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan. 1999-2015-yillarda ushbu bankning turli lavozimlarida ishlab, viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan. 2015-2017-yillarda “Xalq banki” Samarqand viloyati filiali boshlig‘i, 2017-2018-yillarda respublika “Xalq banki”ning iqtisodiy tahlil departamenti direktori bo‘lib ishlagan. 2018-2019-yillarda Samarqand viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2019-2020-yillarda Samarqand viloyati Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida samarali mehnat qilgan. Shuningdek, 2023-yilga qadar qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Samarqand viloyati filiali rahbari vazifalarida ishlagan. 2023-yildan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 2025-yil 26-fevraldan Jomboy tumani hokimi.

    Tuman hokimi xizmat vazifasini bajarish davomida boshqaruv apparatiga rahbarlik qiladi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

    Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy budjet ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

    Prezidenti tomonidan belgilangan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq takliflar ishlab chiqish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;

    Tumanning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, jumladan, yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish, debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish va qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etish;

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligi masalasini hal etish orqali mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish;

    inson manfaatlarini taʼminlash, aholining hayot darajasi va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish va boshqalar.

    Tuman hokimi bir vaqtning o‘zida mahalliy vakillik organiga rahbarlik qiladi.