insurez
17-01-2025 10:55

Yoshlarni yot g‘oyalardan asraylik


O‘quvchi-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, turli axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 51-umumta’lim maktabida tashkil qilingan navbatdagi tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi.

Beshbola mahallasi faoli K.Asqarov, “Oqila ayollar” harakati a’zosi O‘.Sulaymonova, mahalla raisi D.Rustamova, profilaktika inspektori Z .Mardiyev, yoshlar yetakchisi R.Fayzullayev, maktab inspektor-psixologi K.Tursunov so‘zga chiqib, yoshlarga tavsiya va maslahatlarini berishdi.  

Zararli axborotlarni filtr qila olish, mustaqil fikrlash, bo‘sh vaqtni foydali mashg‘ulotlarga sarflash zarurligi ta’kidlandi.

Zarnigor AZIMOVA.

Teglar
- -