insurez
23-01-2025 11:47

Tibbiy ko‘rikda 121 nafar aholi qamrab olindi


 

“Sariqipchoq” oilaviy shifokorlik punkti hududda istiqomat qiluvchi 3616 nafar aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatib kelmoqda. Qishloq “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” dasturiga kiritilgani munosabati bilan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Unda ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika tor soha mutaxassislari hamda viloyat sil kasalliklari shifoxonasi vakillari ultratovush tekshiruvi, mobil flyurografiya kabi texnik vositalar yordamida yurtdoshlarimiz salomatligini nazoratga olishdi.

Ko‘rikda 121 nafar turli qatlamga mansub fuqarolar qamrab olindi. Shundan 67 nafariga ambulator davo tavsiya etildi, 1 nafariga esa stasionar sharoitida davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Teglar
- -