insurez
21-01-2025 13:50

Loyihalar yarmarkasida 300 nafardan ortiq aholi qamrab olindi


Aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlarini amaliyotga joriy etish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan boshlangan ishlar uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Dehqonobod mahallasida joylashgan “Sof expo Samarkand” xalqaro ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali va tuman hokimligi ko‘magi bilan tashkil etilgan loyihalar yarmarkasida “Milliy bank”, “Xalq banki”, “Sanoat qurilish bank” hamda “Agrobank” tuman filiali vakillari tadbirkorlik loyihalari, mavjud kredit paketlari yuzasidan aholiga ma’lumot berishdi.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘mklashish bo‘limi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil qilindi. Unda 58 ta korxona va tashkilotlar 320 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

 

Teglar
- -