insurez
22-01-2025 14:47

Inson huquqlari qadriyatdir


Tumanimizdagi 36-umumta’lim maktabida “Inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida amaliy dars jarayoni o‘tkazildi. Tumanlararo iqtisodiy sud vakillari mavzu yuzasidan o‘quvchilarga tushuncha berdi.

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy asoslari yaratilgani qayd etildi. Shuningdek, uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgani, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yo‘nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplar, maʼnaviy qadriyatlarimiz asoslari qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgani ta’kidlandi. Amaliy dars jarayonida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Navbahor TURSUNOVA,
sud raisi.

Teglar
- -