insurez
15-04-2025 09:37

Go‘zallik dushmani bo‘lmang!


Aziz jomboyliklar! Xabaringiz bor, tumanimiz markazi hamda xalqaro avtomobil yo‘li yoqasi bo‘ylab manzarali gul ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Obodonlashtirish boshqarmasining zahmatkash xodimlari mehnati evaziga barpo etilayotgan ushbu gulzor tumanimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, yo‘lovchilarga ma’naviy-estetik zavq bag‘ishlaydi. 

Afsuski, keyingi vaqtlarda ushbu chiroyli manzaraga shikast yetkazayotgan kimsalar ham uchrab turibdi. Jamiyat mulkini payhon qilib, gul o‘g‘rilayotganlar qilmishini qanday izohlashni ham bilmaydi, kishi. 

Ushbu holat aniqlansa, jinoyat yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tmoqchimiz. Shuningdek, barchangizni bunday noxushlikka befarq bo‘lmaslikka, jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda birlashishga chaqiramiz.
 

Teglar
- -