insurez
04-04-2025 09:37

Ayol - qadriyatlar davomchisi!


Ushbu nomdagi marosim va urf-odatlar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Oila va xotin-qizlar bo‘limi, madaniyat bo‘limi, yoshlar ishlari bo‘limi hamda “Oqila ayollar” harakati  hamkorligida tashkil qilingan tadbir milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirishda xotin-qizlar rolini oshirish, islohatlar mazmun-mohiyatini  aholiga yetkazish, shukronalik kayfiyatini ko‘tarish, umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadini ko‘zlaydi.

Hudud bosqichidan chiqqan 4 ta mahalla jamoasi 3 ta shart asosida bellashdi. Bunda Vatanga muhabbat, onaning millat tarbiyasidagi o‘rni, marosim, urf-odat va xalq o‘yinlari mavzulariga asosiy e’tibor qaratildi. Gʻolib jamoaga viloyat bosqichi yo‘llanmasi berildi.

Teglar
- -