
Davlat-xususiy sheriklik asosida istirohat bog‘i, dam olish maskani, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil qilish yuzasidan e’lon
Aziz tadbirkorlar!
Jomboy tumani, Tut mahallasi, Tut qishlog‘ida joylashgan, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi balansidagi monomarkazning bo‘sh turgan, tashlandiq holdagi 2 gektar yer maydonida (Qurbonobod kanali yoqasi) sohil bo‘yi istirohat bog‘i, dam olish maskani, savdo va xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalaga oshirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik taklifi ishlab chiqilgan.
Ushbu loyiha ro‘yobga chiqishi bilan o‘ziga xos dam olish markazi barpo etilib, 25 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Mazkur loyiha bo‘yicha tashabbus, taklif yoki fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, +998906048646 telefon raqami, shuningdek https://t.me/publitsistbot telegram manziliga murojaat qilishingizni so‘raymiz.