
3-Sarichashma saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazish haqida
Tuman saylov komissiyasi qarori
3-Sarichashma saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 201- va 93-moddalariga hamda Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy kengash deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qaroriga asosan, Jomboy tuman saylov komissiyasi
Q A R O R Q I L A D I:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 6-maydagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy kengash deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1438-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ushbu qarorga muvofiq, 3-Sarichashma saylov okrugi bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa xalq deputatlari Jomboy tumani kengashi deputati saylovi 2025-yil 15-iyun, yakshanba kuni o‘tkazilsin.
2. Xalq deputatlari Jomboy tumani kengashining 3-Sarichashma saylov okrugida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rni sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari (X.O‘sarova) bo‘shab qolgan o‘ringa saylov bo‘yicha jarayonlarni “E-saylov” axborot tizimi orqali belgilangan muddatlarda amalga oshirsin.
4. Tuman saylov komissiyasi kotibi (Sh.Bo‘riyev)ga 3-Sarichashma saylov okrugi tarkibiga kiruvchi 289-290-saylov uchastkalaridagi saylovchilar soniga aniqlik kiritish hamda uchastka saylov komissiyalari faoliyat boshlaganidan so‘ng saylovchilar ro‘yxatini yakuniy variantini shakllantirish hamda saylovchilarni ovoz berish kuni haqida xabardor qilish choralarini ko‘rish topshirilsin.
5. Mazkur qaror Jomboy tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan rasmiy siyosiy partiyalarning tuman bo‘limlariga hamda tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan ijrochilarga yuborilsin.
6. Qaror ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Komissiya raisi E.Ataboyev.
2025-yil, 8-may. 1-son