Bolalarni majburiy mеhnatga jalb qilmang
Vaqtlar o‘tib har qanday yosh bola kattalar safiga qo‘shiladi. Ularning bolaligi qanday o‘tgani, uy va maktabda ularga qanday munosabatda bo‘lishgani, uydagilar va muallimlarning munosabati farzandlarimiz yodida albatta, qoladi. Bolalarni majburiy mehnatdan asrash, noqonuniy ravishda jismoniy mehnatga jalb qilish davlatimiz tomonidan qonun va qarorlar orqali taqiqlab qo‘yilgani bejiz emas.
Bola ona tili va chet tillarini o‘rganishi, tabiiy fanlarga qiziqishini oshirishi, maktabda o‘tiladigan bsohqa soha mavzularini chuqur o‘zlashtirib borishi kelajakda qanday inson bo‘lib yetishishini belgilaydi. Bu esa ota-ona va maktab pedagoglari tomonidan nazorat qilib borilishi kerak.
Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi yettilik, xususan yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, maktab direktorlari esa ularni jismoniy mehnatga jalb qilinishi holatlariga qarshi kurash olib borishlari lozim.
Bugun mamlakatimizda yoshlarimiz, bolalarimizni yangi O‘zbekistonimizga mos etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar olib borlayapti, demak bu bizning ham zimmamizdagi asosiy vazifa bo‘lib qolishi kerak.
A.Abdurazzakov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudi raisi.
A.Shaydoyev,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudi sudyasi.