insurez
16-03-2024 10:48


Jomboy tuman hokimligi hudud iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Rossiya va boshqa xorijiy ishbilarmon doiralar bilan hamkorlik qiladi. Quyida ushbu hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan muzokaralar va amaliy ishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Malayziya delegatsiyasi Jomboyda

“Five petroleum Malaysia” kompaniyasi boshqaruvi direktori, doktor King Lim Chin Fui tumanimizga tashrif buyurdi. Hudud investitsion salohiyati xorijiy sarmoyadorlar e’tiborini tortdi, ikki tomonlama muzokara davomida Kuala-Lumpurlik tadbirkorlar tumanimizga investitsiya kiritish istagini bildirishdi.

Malayziya delegatsiyasiga “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida mavjud sharoitlar taqdimot qilindi. Ayniqsa, “CCI Samarkand limited” xorijiy korxonasi, “Moxsar” qo‘shma korxonasi, “Shelf Vostok” mas’uliyati cheklangan jamiyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 “Jomboy agro eksport” loyihasi tez orada ishga tushadi

Tuman hokimligida “Shaoxing yedesha textile ” kompaniyasi sarmoyadori, xitoylik Wu Jiadong bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda investorlar bilan hamkorlikda ta’sis etilgan “Jomboy agro eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyatining joriy faoliyati muhokama etildi. Qayd etish joizki, ushbu korxona uchun “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining tumanimizdagi filiali hududidan 2 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda 2 million dollarlik uskunalar o‘rnatilishi orqali tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Muzokara davomida loyihani muddatidan oldin ishga tushirish imkoniyatlati ko‘rib chiqildi. Qurilish ishlarini tezlashtirish va xorijdan texnologiya jalb etilishi qisqa fursatda hal etishga kelishib olindi.

Dehqonobodda ko‘mirni qayta ishlash loyihasi ro‘yobga chiqadi

Tumanimizga xitoylik sarmoyadorlarning qiziqishi ortib bormoqda. Bugun Shansi provinsiyasidan tashrif buyurgan investor Zhu He Yuan rahbarligidagi delegatsiya tuman hokimi Qayum Sobirov bilan muzokara o‘tkazdi.

Qayd etish joizki, ushbu xorijiy hamkorlar tomonidan tumanimizda “Sinosin” xorijiy korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Dehqonobod mahallasi hududida joylashgan 0,5 gektar yer maydonida ko‘mirni qayta ishlash loyihasi ro‘yobga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Korxona ishga tushishi bilan har yili 50 ming tonna ko‘mirni qayta ishlab, mahalliy bozorga yetkazib berish imkoniyati yuzaga keladi.

Muloqot davomida ushbu loyihaning birinchi bosqichini 2024-yil yakunigacha ishga tushirish hamda 1,0 million dollar xorijiy investitsiyani o‘zlashtirgan holda 20 ta yangi ish o‘rni yaratishga kelishib olindi.

Futszyan sarmoyadorlari tumanimizda mebelsozlik korxonasi tashkil qiladi

Tumanimizda Xitoy Xalq Respublikasining Futszyan provinsiyasida joylashgan “Qhome furniture” kompaniyasi vakillari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman hokimi Qayum Sobirov korxona ijrochi direktori Huan Chengliang hamda ta’sischisi Li Veihui bilan ikki tomonlama muzokara olib bordi.

“Growtech-2022”: Tumanimiz uchun manfaatli muzokaralar

Turkiyada o‘tkazilgan “Growtech-2022” yarmarkasida Samarqand delegatsiyasi ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli xalqaro tadbir qishloq xo‘jaligi sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Joriy yil Antaliya shahri mezbonlik qilgan yarmarkada suv tejovchi texnologiyalar, innovatsion g‘oyalar namoyish etildi. Tarmoqda ko‘p yillik tajribaga ega ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar bilan muzokara olib borish imkoni yaratildi.

Delegatsiya tarkibida tuman hokimi o‘rinbosari Akbar Ikromov qatnashdi.

 

Teglar
Insurance Policy