O‘zbek-qozoq xalqlarining umumiy merosi
Wed, 27/09/2023 - 19:07Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazida qozog‘istonlik olimlar ishtirokida xalqaro ilmiy davra suhbati o‘tkazildi. “Markaziy Osiyoda yassaviylik ta’limoti” mavzusidagi tadbirda respublikamiz va xorijning yetakchi manbashunos olimlari, tadqiqotchilar, diniy-ma’rifiy soha xodimlari qatnashdi.
Samarqandda tariqat ilmining yoyilishi, bunda Shayx Kamoliddin Iqoniy-Aliobodiyni o‘rni yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.