Tumanimizda “favqulodda vaziyat” e’lon qilindi
Wed, 13/07/2022 - 11:11Tumanimizda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashg‘ulotlari boshlandi. Qayd etish joizki, ushbu tadbir vafqulodda vaziyatlarda aholi jabrlanishining oldini olish maqsadida har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bunda boshqaruv organlari, maxsus texnika, kuch va vositalarning turli vaziyatlarga shayligi nazoratdan o‘tkaziladi.