Murojaatga bepisand rahbarlarga qat’iy chora ko‘riladi
Tue, 18/10/2022 - 09:29Xalq deputatlari tuman kengashining 67-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda hududiy dasturlar ijrosi, budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish, shuningdek investitsiyalarni jalb qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan axborot berildi. “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi 4-sektor misolida tahlil qilindi.