Jomboyning sodda shoiri
Wed, 13/03/2024 - 23:17Ijodkor bo‘lish uchun avvalo, insondan go‘zallikka oshuftalik, oddiylikka intilish va kamtarlik talab etiladi. Samimiy qalbdan chiqqan she’r o‘quvchining qalbiga oson yetib boradi. Jomboylik shoir Aziz Abdurayimovning yaqinda nashrdan chiqqan yangi asari – “Samo uzra” kitobini o‘qir ekansiz shunday fikrlar ko‘nglingizdan o‘tadi. Shoirning sodda va samimiy fe’l-atvori satrlariga ham ko‘chgan.