Tumanda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan sarhisob qilindi. Tadbirda tuman hokimligi, prokuratura, ichki ishlar, yoshlar bo‘limi mutasaddilari, diniy idora vakillari qatnashdi.
Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i O‘tkir Nazarov hamda viloyat sudi sudyasi Otabek Nabiyev so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida qilinayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tuman bosh imom-xatibi Nurbek Xidirov yoshlar tarbiyasi, diniy-ma’rifiy sohadagi vazifalar, “oila-mahalla-ta’lim maskani” hamkorligini mustahkamlash mavzuida so‘zga chiqdi.
Qayd etish joizki, tumanimizda bu borada aniq chora-tadbir ishlab chiqilgan bo‘lib, “Ma’naviyat – odam va olam xaloskori”, “Islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Yoshlar ekstremizmga qarshi”, “Islom terrorizmga qarshi”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilib kelinmoqda. Bunda 10 mingdan ortiq jomboylik yoshlar qamrab olingan.
Tadbir doirasida tuman prokurori Jamshid Ahmedov va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Xoliqovning mavzu yuzasidan axboroti eshitildi.