
Avval xabar qilganimizdek, tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangradi. Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining xabar berishicha, joriy o‘quv yili so‘nggida 1807 nafar jomboylik yigit-qizlar katta hayotga qadam qo‘yishdi. Ular orasida yuz nafarga yaqini muddatidan avval talaba bo‘lgani, 40 nafardan ortig‘i oltin va kumush medallarga tavsiya etilgani e’tiborga molik. Quyida muxbirlarimiz tomonidan tayyorlangan fotoreportaj e’tiboringizga havola etilmoqda.