Hokim yordamchilari faoliyati qoniqarlimi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tumani kengashining 81-sessiyasi joriy yil 19-may kuni, soat 14:00 ga chaqirildi. 

Tadbirda “Hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 3- va 4-sektor rahbarlari hisobot berishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyati baholanadi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o‘qitish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar mavzuida tuman hokimi o‘rinbosari Hilola Rahimova, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga va tadbirkorlikka jalb qilish sohasidagi ishlar sarhisobi yuzasidan yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Eldor Ma’rupov hisobot beradi.

Bundan tashqari, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ijro intizomi, irrigatsiya sohasidagi islohotlar natijadorligi masalalari ham kun tartibidan o‘rin olgan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM