“Obod qishloq” dasturi endi “Tashabbusli budjet” orqali moliyalashtiriladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tashabbusli budjet” loyihasi o‘ziga xos tajriba sifatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi faolligini oshirmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qabul qilingan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom” ushbu tajribaning mantiqiy davomi, deyish mumkin.

Jomboy tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, deputatlar ishtirok etishdi. Belgilangan yangi tartib mazmun-mohiyati xususida jamoatchilikka ma’lumot berildi.

Ta’kidlandiki, bunda tashabbuslar mahalla raisi tomonidan kiritiladi. Tashabbuslarning umumiy soni 3 tadan kam bo‘lmasligi, loyiha qiymati 8 milliard so‘mdan oshib ketmasligi, loyihalar avvalo, ko‘pchilik manfaatini ifodalashi lozim bo‘ladi. G‘oliblar ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga qarab, ajratilgan mablag‘lar doirasida aniqlanadi. E’tiborli jihati, bunda ovozlar soni aholi sonidan kelib chiqqan holda koefitsiyentlanadi. Ko‘p ovoz to‘plagan, biroq g‘olib bo‘lmagan tashabbuslarning moliyalashtirilishi kelgusi davlat dasturlarini belgilashda inobatga olinadi.

Muhokama davomida jarayon an’anaviy tarzda noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilishi, biroq, joriy yilda, istisno tariqasida may oyida tashkil etiliushi, shu sababdan mahalla mas’ullari fursatni boy bermay, aholi bilan kengashgan holda ishga kirishishi va faollik ko‘rsatishi lozimligi ta’kildlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM