“Mening yo‘lim” uchun 68 ming aholi ovoz berdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ochiq budjet” axborot portali orqali e’lon qilingan “Mening yo‘lim” loyihasining joriy yilgi mavsumi yakunlandi. Jarayonda tumanimiz aholisi tomonidan 81 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

27-apreldan 7-mayga qadar davom etgan ovoz berish bosqichida 68 ming 361 nafar fuqarolar faol ishtirok etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 4 ta loyiha g‘olib deb topildi. Jumladan:
– Naymantepa mahallasining “Turkman qishloq-4” ko‘chasi 12 ming 882 ta ovoz bilan 1-o‘rinni;
– Qang‘li mahallasining “Qang‘li-8” ko‘chasi 11 ming 383 ta ovoz bilan 2-o‘rinni;
– Qang‘li mahallasining “Yangi Qang‘li-5” ko‘chasi 10 ming 609 ta ovoz bilan 3-o‘rinni;
– Naymantepa mahallasining “Besh gektar” ko‘chasi 5055 ta ovoz bilan 4-o‘rinni o‘rinni egalladi.
G‘olib loyihalarni moliyalashtirish uchun 2 milliard 505 million 125 ming so‘m yo‘naltirilishi belgilangan.

Muhammadjon SULAYMANOV,
Iqtisodiyot va moliya bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM