Uch oyda 8600 nafar yurtdoshimiz emlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yuqumli xastaliklarning oldini olishda vaksinatsiya jarayoni muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bu borada tizimli ishlar olib borilayotgani bejiz emas. Jumladan, milliy emlash kalendari yildan-yilga isloh qilinib, kasalliklar profilaktikasi samaradorligi oshirilyapti. Buni tumanimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamda hududlardagi 13 ta tibbiyot muassasalarida emlash punktlari tashkil etilgan bo‘lib, belgilangan meyorlar asosida barcha sharoitlar yaratilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika emlash xonasida 8600 nafarga yaqin yurtdoshlarimiz “OPV”, “PENTAvalent”, “Pnevmokok”, “Rotasil”, “AKDS”, “IPV”, “KPK”, “ADSM”, “VPCh” vaksinalari bilan emlandi. Jarayonda bolalar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan yuqumli xastaliklarning oldini olishga birinchi navbatda e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, qizamiq va qizilchaga qarshi vaksinatsiya davomida 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “KPK” vaksinasi bilan emlandi. Tumanda istiqomat qiluvchi bolalarning 98,6 foizi jarayonga qamrab olindi.

Bundan tashqari, 12 yoshdan yuqori aholiga koronavirusga qarshi 1 tur va buster doza sifatida “Pfayzer” vaksinasi qo‘llanmoqda. Yanvar-mart oylari davomida 1488 nafar aholi tojdor virusdan himoyalanish uchun emlangani e’tiborlidir.

Bugungi kunda emlash jarayonlari tizimli davom ettirilmoqda.

Nigora RAHMATULLAYEVA,

tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hamshirasi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM