Hayit ayyomi saxovat tadbirlari bilan shukuhli

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Muborak Ramazon hayiti arafasida xayriya va saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot vakillari, jamoatchilik faollari ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘lib, ularga bayram shukuhi ulashishmoqda.

Katta qishloq mahallasida yashovchi Dilbar Toshtemirova 75 yosh ostonasida. Umrining yarim asrini o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish uchun sarflagan ustoz bugungi dorilomon kunlar qadrini yaxshi anglaydi. Yoshlarni ilm olishga chaqiradi, hunar ehallab, xalqqa xizmat qilish saodat ekanini uqtiradi.

Sarichashmalik Shirin Yormatova esa butun umr qishloq xo‘jaligi tizimida mehnat qilgan. Xastalik uni cheklab qo‘ygan bo‘lsa-da, onaxon bugungi kunda ham qishloqdoshlariga hayotiy maslahatlarini ayamaydi.

Tuman hokimi Qayum Sobirov mehnat faxriylari xonadonida bo‘lib, ularni bayram bilan qutladi. Hayit ayyomi munosabati bilan bayram sovg‘alari topshirildi.

***

Xayr-saxovat tadbirlari 1-sektor shtabida davom etdi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan 12 nafar nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga nogironlik aravachasi hamda ortopedik jihozlar berildi. Bundan tashqari, tumanimizda istiqomat qiluvchi 100 nafardan ortiq ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM