19-maktabga o‘quv jihozlari sovg‘a qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Holvoyi qishlog‘idagi 19-umumta’lim maktabi o‘zining 120 yillik tarixi davomida jamiyatimiz uchun ko‘plab ziyoli insonlarni tarbiyalab, kamolga yetkazgan. Mudofaa vazirligi qoshidagi kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yo‘ldosh Xoliqov shulardan biridir.

Ustoz-ofitser bugungi kunda harbiy-ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritar ekan, shogirdlariga bolaligi o‘tgan qishloq muhiti, odamlarning ilmga bo‘lgan intilishi haqida tez-tez hikoya qilib beradi. O‘zi 28 yil muqaddam ta’lim olgan maktab jadid allomasi Saidahmad Siddiqiy tomonidan barpo etilganini faxr bilan tilga oladi. Yaqinda ona yurtiga qishloqdoshlarini yo‘qlab keldi.

Shu bahona maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qildik. Podpolkovnik Yo‘ldosh Xoliqov yoshlarga buyuk sarkarda bobolarimiz kechmishi, mamlakatimizning bir necha ming yilliklarga tutash davlatchilik tarixi haqida so‘zlab berdi. Bugungi kunda maktab muzeyiga aylantirilgan 1903-yilgi binoda bolalik xotiralarini yodga oldi.
Maktabimizning sobiq bitiruvchisi o‘zi bilan bayram sovg‘alari ham olib kelgan ekan. Shu kuni 2 ta sinf xonasi uchun zarur parta, stol-stullar homiylik sifatida taqdim etildi. Shuningdek, tez kunlarda sport jihozlari ham yetkazib berilishi ta’kidlandi.

Azizjon ABDIRAYIMOV.
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi.


 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM