79-sessiya: “Tashabbusli budjet” natijalari tasdiqlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 79-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan xalq qabulxonasi mudiri Hamza To‘rayevning axboroti muhokama etildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tumanimiz aholisidan Prezidentga 1363 ta murojaat yo‘llangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 321 taga kamaygan. Axborot davomida 64,5 foiz murojaatlar qanoatlantirilgani ta’kidlandi. Shuningdek, 289 tasiga tushuntirish berilgani, 5 tasi uzoq muddatli nazoratga olingani, 63 tasi rad etilgani aytildi.
E’tiborlisi, eng ko‘p murojaat gaz va elektr ta’minoti, hokimlik, majburiy ijro va mahalla tizimi faoliyatiga aloqador bo‘lgan. Sohalar kesimida takroriy murojaatlar kamaya boshlagani ahamiyatlidir.
Kun tartibiga ko‘ra, tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tuman hokimi maslahatchisi Asqarbek Qurbonov mahalla va ko‘chalarni nomlash sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berdi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi, bolalarni himoya qilish sho‘basi hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazining faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.
“Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarga yo‘naltirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi. “Agrobank” tuman filiali tomonidan taqdim etilgan hisobot chuqur tahlilga asoslanmagani uchun rad etildi va keyingi sessiya kun tartibiga qayta kiritilishi belgilandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM