2440 nafar norasmiy xodimlar faoliyati legallashtirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Qayd etilishicha, tumanimizda 5628 ta tadbirkorlik subyekti mavjud bo‘lib, shundan 2817 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu raqamlar albatta, hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim ahamiyatga ega. Ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish maqsadida tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti.

Joriy yilning o‘tgan davrida soliq qonunchiligiga oid mavzuda 11 ta seminar va davra suhbatlari tashkil etildi. Unda sohadagi yangiliklar, berilayotgan imtiyozlar va soliq stavkalariga oid ma’lumotlar tadbirkorlarga yetkazildi.

Tushuntirish ishlari natijasida 613 ta korxonada norasmiy ishlab kelayotgan 2440 nafar fuqarolar ishi legallashtirildi. Jumladan, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 391 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida 1610 nafar, qurilish korxonalarida 41 nafar hamda qishloq xo‘jaligida 398 nafar xodimlar qonuniy ishlay boshlagan. Natijada budjetga 501 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi. Bundan tashqari, ushbu davrda 2370 nafar fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgani ahamiyatlidir.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida olib borilayotgan ishlar ham salmoqli. Yanvar-mart oylari davomida 1914 ta subyekt o‘rganilib, 1685 tasiga ko‘mak berilgan.

Olib borilgan sa’y-harakatlar yakunida 20,9 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 125,4 foiz o‘sishga erishildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida mobil guruhlar tashkil qilingan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM