Jomboyliklar referendumga befarq emas

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda mamlakatimizdagi avtomobilsozlik sanoati xodimlari, tadbirkorlar, harbiylar, sportchilar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar xalqimizni shu yil 30-aprelda o‘tkaziladigan referendumga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

– 2010-yilda o‘z faoliyatimni boshlaganman, – deydi tadbirkor Xurshid To‘rayev. – 2014-yilda sellofan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganimda korxona xodimlari 23 nafarni tashkil etardi. Bugun 3 ming nafarga yetdi. Imkoniyatlardan foydalanib, qurilish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Xorijiy investorlarni jalb qildik. Mamlakatimizning turli hududlarida yangi binolar quryapmiz. Yurtimiz ravnaqi, tadbirkorlik rivoji, ishchi xodimlar va farzandlarim taqdiriga befarq bo‘lmagan holda 3 ming kishilik jamoamiz va oila a’zolarim bilan birga referendumda faol ishtirok etamiz.

Tadbirda sambo bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, sakkiz karra Osiyo chempioni Shavkat Jo‘rayev o‘z shogirdlari bilan ishtirok etib, erishayotgan yutuqlari haqida so‘zlab berdi.

– Mamlakatimizda sportga alohida e’tibor qaratilyapti, – deydi u. – Buning samarasini futbolchilarimiz, kurashchi-yu bokschilarimiz, shaxmatchilarimiz va boshqa sportchilarimizning natijalarida ko‘rishimiz mumkin. Men faoliyat yuritayotgan markazda ham chempionlar safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Kelgusida ko‘plab shogirdlar tayyorlab, chempionlar yetishib chiqishi uchun bor kuch-g‘ayratimni ayamayman. Bu yo‘lda yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bizga yanada keng imkoniyatlar yaratishiga ishonaman.

Poytaxtdan kelgan san’atkorlarning chiqishlari ishtirokchilarga zavq bag‘ishladi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM