“Yashil makon” loyihasi umumxalq harakatiga aylanmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarga ixota daraxtlari o‘tqazilishi holati, sug‘orish tarmoqlarini barpo etish muammolari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-yillar kuz-bahor mavsumida tumanimizda 1 million 202 ming tup mevali, manzarali nihollar o‘tqazilishi rejalashtirilgan. Shundan 451 ming tupi noyabr-dekabr oylarida ekilgan.

– Fevral oyidan boshlab jarayonning ikkinchi bosqichi boshlandi, – deydi bo‘lim boshlig‘i Jo‘rabek Rahmatov. – Asosan, yo‘l yoqalariga ixota daraxtlari o‘tqazish, qishloq xo‘jaligi maydonlarining yoqalarida esa tutzorlar barpo etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, aholi tomorqalariga ham mevali daraxt nihollari markazlashgan holda yetkazib berilmoqda.

Ta’kidlanishicha, sug‘orish tizimi borasida ham alohida reja ishlab chiqilgan. Jumladan, suv yetib bormaydigan hududlar uchun maxsus quduqlar quriladi. Ushbu maqsadga 240 million so‘m yo‘naltirilishi belgilangan. Muloqot davomida mavzuga doir masalalarda atroflicha ma’lumot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM