Respublika “Oqila ayollar” harakati faollari tumanimizda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Respublika “Oqila ayollar” harakati a’zolari ishtirokida tumanimizda seminar-trening mashg‘ulotlari oʻtkazildi. Tadbirda faol xotin-qizlar, jamiyat orasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan ayollar ishtirok etdi.
“Oqila ayollar” harakati jamoatchilik tuzilmasi raisi Oynisa Musurmanova, davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Musallam Abdujabbarova, viloyat hokimi o‘rinbosari Zebiniso Rahmonova so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatiga to‘xtaldilar. Jumladan, Konstitutsiyamizning yangi tahririda oila, xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlandi. Gender tenglikni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish konstitutsiyaviy asoslarda mustahkamlab qo‘yilayotgani e’tirof etildi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda viloyatimizda “Oqila ayollar” harakati a’zoligiga 17 ming 420 nafar xotin-qizlar saylangan. Ular tomonidan joylarda samarali ishlar olib borilmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Toshkent mahallasida “Sumalak sayli” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Folklor-etnografik jamoalarning badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari Xitoypoyon mahallasida o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etishdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM