
Joriy yilning 6-26-fevral kunlari “Ochiq budjet” axborot portaliga tumanimiz fuqarolarning 107 ta taklifi kelib tushdi.
Qonunchilikka ko‘ra, ilgari surilgan tashabbuslar tuman ishchi guruhi va tegishli tashkilot mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi. Me’zonga to‘g‘ri kelgan qiymati 73,9 milliard so‘mlik 81 ta loyiha saralab olindi va ovoz berish uchun hal qiluvchi 3-bosqichga o‘tkazildi.
Ovoz berish jarayoni 18-martdan 7-aprelga qadar o‘tkaziladi. Bunda fuqarolar o‘z takliflari g‘olib chiqishi uchun yaqinlari, qarindosh va mahalladoshlari bilan birga ovoz berishlari mumkin. Ovoz berish https://openbudget.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.
O‘z taklifingizni qo‘llab-quvvatlab, jarayonda faol ishtirok eting.
Muhammadjon SULAYMONOV,
Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.