Ta’limdagi islohotlar samarasi birdamlikka bog‘liq

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi ko‘lami va tashabbuslarga boyligi bilan avvalgilardan farqlandi. Ayniqsa, ta’lim tizimiga keng o‘rin berilgani soha xodimlari uchun quvonarlidir. Joylarda Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Samarqand mahallasi aholisi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda jamoatchilik faollari hamda 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi pegagog xodimlari qatnashdi.

Qayd etish joizki, Prezidentimiz Murojaatnomada inson qadrini ulug‘lash mavzuiga to‘xtalar ekan, ko‘zlangan maqsad inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirishda ekanini ta’kidladi. “Buning uchun birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz”, dedi Prezident.

Kishilik jamiyati tarixiga nazar tashlasak, rivojlangan tamaddunlarda avvalo, ish ta’limni isloh qilishdan boshlanganini ko‘ramiz. Ammo jamiyat va xalq birdam bo‘lib, najot ta’limda ekanini tushunib yetmasa natijaga erishish qiyin. Boshqacha aytganda, mahalla-ko‘y, nuroniylar, ota-onalar, ustoz-pedagoglar, umuman, jamoatchilik bir bo‘lib, ta’limdagi islohotlarga kamarbasta bo‘lishi zarur.

Tadbirda ushbu jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi. Murojaatnomada qalamga olingan har bir tashabbus ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shohista NAMOZOVA,
40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktori,
tuman kengashi deputati.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM