
G‘olib loyihalarni amalga oshirilishi tashabbuskorlar tomonidan “Ochiq budjet” portalida “Jamoatchilik nazorati” bo‘limi orqali baholab boriladi.
Bunda, loyiha mualliflari bajarilgan ishlar holatidan kelib chiqib, loyihalarga “Yashil”, “Sariq” va “Qizil” belgi qo‘yishlari hamda o‘z fikrlarini qoldirishlari mumkin.
“Yashil” – ishlar to‘liq va sifatli amalga oshirilganini;
“Sariq” – ishlar boshlanganligi hamda davom etayotganini;
“Qizil” – ish boshlanmagani yoki sifatsiz amalga oshirilganini bildiradi.
Loyihalarga “Qizil” belgi qo‘yilganda bajarilgan ishlar alohida nazoratga olinadi, ijrosi ma’sullar tomonidan monitoring qilinadi.
Muhammadjon SULAYMONOV,
moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.