Ajdodlarimizdan meros – iftixor

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tumanimizda bayram tadbirlari o‘tkazildi. Jumladan, ta’lim muassasalarida badiiy kecha, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi.

29-umumta’lim maktabida “Ajdodlarimizdan meros – g‘urur timsoli” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda bayroq tushunchasi, millat g‘ururini uyg‘otishdagi ahamiyati o‘quvchilarga tushuntirildi.

30-umumtaʼlim maktabida esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Hilpirayver, bayrogʻim” bayram tadbiri o‘tkazildi. Bolajonlar ijrosidagi she’r va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh berdi.

***

Shunday tadbirlar 9-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib o‘tdi. Buyuk ajdodlarimiz siymosi aks ettirilgan sahna tomoshasi barchaga manzur bo‘ldi. Bolajonlar “Bayrog‘im, g‘ururim, iftixorim” mavzuida bilimlarini mustahkamlashdi.

16-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tgan tadbirda mahalla faollari va ota-onalar taklif etildi. Bayrog‘imizda aks etgan ramzlar, ranglar mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Bolajonlar qalbiga Vatanga muhabbat, ajdodlar shon-shavkatidan g‘ururlanish tuyg‘usini singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ushbu jihatga e’tibor qaratildi. Mavzuga doir she’r va qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM