Ma’muriy-hududiy birliklar mavzui shoshma-shosharlik bilan hal etilmaydi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman komissiyasi tuzilgan. Ma’muriy-hududiy birliklar chegarasini belgilash va yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

Mutaxassislarning aniqlashicha, qachonlardir tuzilgan ammo bugungi kunda mavjud bo‘lmagan shahar, shaharcha va qishloq fuqarolar yig‘inlarining nomi ba’zi hujjatlarda hozirgacha yuritilib kelinayotgani oydinlashdi. Tumanning ma’muriy-hududiy birliklar chegarasini belgilashda, shuningdek hujjatlarda kelgusida xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ushbu ma’lumotlar muhim. Davlat reyestrida mavjud ushbu nomarni o‘chirish yuzasidan respublika aerogeodeziya markazining hududlararo bo‘linmasi bilan hamkorlikda ishlar olib borilyapti.

Asqarbek QURBONOV,

tuman hokimi maslahatchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM