Sessiya: Sodir etilgan 56 ta jinoyatning oldini olish mumkin edi...

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining oltmish sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Tadbirda odil sudlov borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan tumanlararo iqtisodiy sud raisi Navbahor Tursunova axborot berdi. Shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining oktabr oyidagi ijrosi sarhisob qilindi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Xoliqov hamda mahalliy budjet daromadlari holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi yuzasidan davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Baratovning hisobot eshitildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-choragi davomida umumiy jinoyatlar soni 5,22 foizga oshgan. Shundan, 63 ta jinoyat uncha og‘ir bo‘lmagan, 66 tasi og‘ir, 9 tasi o‘ta og‘ir turga mansub.

Yuz bergan 242 ta jinoyatning 82 tasi mahalla hududida sodir etilgan. Shundan 56 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlardir. Bu o‘z navbatida, profilaktika inspektori, mahalla raisi va jamoatchilik oldida qator vazifalar borligini ko‘rsatadi.

Sessiyada davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi muhokama etildi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM