Soliqlar undirilishi va jinoyatlar profilaktikasi tahlil qilinadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 68-sessiyasi 2022-yil 28-oktabr kuni soat 15:00 da o‘tkaziladi. 

Tadbirda odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan tumanlararo iqtisodiy sud raisi Navbahor Tursunova axborot berishi kutilmoqda. Shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining oktabr oyidagi ijrosi sarhisob qilinadi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O‘.Xoliqov, mahalliy budjet daromadlari holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi yuzasidan davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Baratov hisobot beradi.

Davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tuman adliya bo‘limi boshlig‘i M.Usmanovning, “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi to‘g‘risida “AT Xalq banki” tuman filiali boshqaruvchisi N.Maxmudovaning hisoboti ham kun tartibiga kiritilgan.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM