Maqsad aholi roziligiga erishishdir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, joylarda bo‘lib, muammolarni bevosita o‘rganish, ularning yechimini topish bugungi kunning muhim talablaridan hisoblanadi.

“O‘zLiDeP” deputatlari tomonidan joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullardan maqsad ham shu. Shunday tadbirlarning navbatdagisi tuman kengashi deputati Nodir To‘rayevning ishtirokida Quduqli mahallasida o‘tdi.
Aholidan 30 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 5 tasi joyida hal etilgani e’tiborga molik.
Jumladan, Qo‘ng‘irot qishlog‘ida yashovchi Erkin Siddiqov uyi yaqinidagi simyog‘och ustunlar eskirib qolgani, natijada odamlar hayotiga xavf solishi mumkinligini bildirdi. Murojaat mutaxassislar ishtirokida o‘rganilib, hal etiladigan bo‘ldi.
Quduqli qishlog‘idan Asaloy Sultonova esa maishiy gaz ballonga ehtiyoji borligini aytib, mutasaddilardan amaliy yordam so‘radi. “Jomboy tuman gaz” filiali tomonidan shu kunning o‘zida murojaat ijobiy hal etildi.
Hududda tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Aholiga malakali shifokorlar tomonidan da’volash-diagnostik xizmatlari ko‘rsatildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM