66-sessiya: 3-sektorda “Ayollar daftari” yuritilishi tahlili muhokama etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining oltmish oltinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari O‘.Xoliqov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, 3-sektor hududida 7821 nafar 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar istiqomat qiladi. Shundan 769 nafari “Ayollar daftari”ning 3-bosqichiga kiritilgan. Yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, uy-joyga, ijtimoiy yordamga muhtoj, I-II guruh nogironi va qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud xotin-qizlar toifalar bo‘yicha ajratilgan.

– Shaxsiy muammosi mavjud opa-singillarimizning har biri bilan manzilli ishlar olib borilmoqda, – dedi O‘.Xoliqov. – Kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashtirish, imtiyozli kredit, subsidiya ajratish orqali ularning turmush sharoitlari yaxshilanishiga erishilmoqda.

Sessiyada jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi A.Abdurazzaqovning odil sudlovni amalga oshirishda bajarilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, 3-chorak davrida 65 ta jinoyat ishi 92 nafar shaxsga nisbatan mazmunan ko‘rilgan. 67 nafar shaxsga nisbatan ayblov hukmi chiqarilib, 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 17 ta ish tomonlar yarashganligi sababli harakatdan tugatilgan. Sud raisi tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir taklif va tashabbuslar ham ilgari surildi.

Kun tartibiga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i T.Xoliqova hamda majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshlig‘i N.G‘aniyevning faoliyat samaradorligi yuzasidan hisoboti eshitildi. 15-umumta’lim maktabi direktorligiga nomzodlarni tanlab olish va tayinlash mavzui muhokama qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM