Alimentdan qarzdorlik jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus nizom tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagani uchun ota (yoki ona) jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlik “Aliment to‘lovlari jamg‘armasi” hisobidan qoplab beriladi. Ushbu amaliyot tumanimizda ham yo‘lga qo‘yildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud hujjatiga asosan fuqaro M.L.dan undiruvchi I.L. foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Ammo u bir necha marotaba ogohlantirilgani va ma’muriy jazoga tortilganiga qaramay xulosa chiqarmagan. Aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani natijasida Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.

Ijro hujjatiga asosan, jamg‘arma hisobidan 26 million 137 ming so‘m mablag‘ undiruvchiga to‘lab berildi.

Feruz JO‘RAQULOV,

davlat ijrochisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM