“Tashabbusli budjet”: II mavsum yakunlandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portali orqali aholi tashabbusi asosida shakllangan tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun ovoz berish jarayoni yakunlandi. Jarayon uchun 4 milliard 863 million 825 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Birinchi boshqichda fuqarolar tomonidan 165 ta taklif ilgari surilgan bo‘lib, belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lgan 144 tasi umumxalq ovoziga qo‘yildi. Joriy yilning 24-avgustdan 17-sentabrga qadar o‘tkazilgan ovoz berish yakunida 4 ta taklif g‘olib deb topildi. Jumladan:

 – Naymantepa mahallasining “Abdurahmon ota” to‘yxonasidan 34-maktabgacha bo‘lgan 1,7 kilometr ichki yo‘lini asfalt qilish taklifi 5259 ta ovoz bilan 1-o‘rinni;

– Juriyat mahallasidagi qo‘lbola o‘rnatilgan, yaroqsiz 400 ta simyog‘ochlarni temir-beton konstruksiyali ustunlarga almashtirish hamda 8 kilometr yopiq izolyatsion tok o‘tkazgichli kabel, 500 ta zajem, 80 ta travers, 480 ta stakan, 320 dona xomut o‘rnatish taklifi 4177 ta ovoz bilan 2-o‘rinni;

– Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bolalar bo‘limi uchun qo‘shimcha bino qurish taklifi 3864 ta ovoz bilan 3-o‘rinni;

– Eski Jomboy mahallasidagi oilaviy shifokor punktiga qo‘shimcha bino qurish taklifi 3452 ta ovoz bilan 4-o‘rinni egalladi.

Loyihalar xalq deputatlari tuman kengashining qarori qabul qilingandan so‘ng ro‘yobga chiqarila boshlaydi.

Jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolar hamda OAV vakillariga minnatdorchilik bildiramiz.

Muhammadjon SULAYMONOV,

Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM