Jomboy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Baratov Baxtiyor Maxsumovichning “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida avgust oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasiga avgust oyi uchun byudjet daromadlariga 5 619,5 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 6801,9 mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkich 121 foizga (1 182,4 mln.som ortigi bilan) bajarildi.

Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha 495 ta tadbirkorlik sub’ekti o‘rganildi. Shundan 371 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 210 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 52 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 82 ta, boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 27 ta tadbirkorlik sub’ektiga ko‘maklashildi. Shuningdek, 5 113.0 mln. so‘mlik imtiyozli kredit olishda 227 ta tadbirkorga amaliy yordam berildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-sonli “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu “Soliq” mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning avgust oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 498 nafarni tashkil etdi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida https://t.me/SoliqMaslahatchilari va https://t.me/soliqmaslahatijomboy guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, 93-724-26-68 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM