Reklama qonunchilikka muvofiq bo‘lishi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Har birimiz davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz kerak. Prezidentimizning ushbu ta’kidi mamlakatimizda o‘zbek tili obro‘yi va nufuzini oshirish borasidagi ishlarning keyingi bosqichini belgilab berdi, desak mubolag‘a emas. Tizimni tartibga solish uchun aniq qonunchilik mexanizmi ishlab chiqilayotgani, joylarda davlat tili qoidalariga amal qilish nazoratga olingani fikrimiz tasdig‘idir. Navbatdagi bosqichni reklama taomillarining bir tizimga solinganida ham ko‘rishimiz mumkin.

Albatta, tadbirkorlik muhiti qo‘llab-quvvatlanayotgan yurtimizda reklamaning o‘rni beqiyos. Sohani isloh qilish maqsadida 2022-yil 7-iyun kuni “Reklama to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Jami 53 moddadan iborat hujjat 9-sentabrdan kuchga kiradi.

Qonunning 6-moddasi savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan va reklama vositalarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga qo‘llanma bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi.

Unda reklama respublika hududi bo‘ylab davlat tilida tarqatilishi, mazmuni muayyan talablarga rioya etgan holda boshqa tillarda takror berilishi mumkinligi mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda tarjima matni davlat tilidagi asosiy ma’noning buzilmagan, aynan aksi bo‘lishi shart. Shuningdek, tarjima matni davlat tilidagi matnning pastki qismidan gorizontal holda, umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmagan holda joylashtiriladi. Bundan tashqari, tarjima matn harflari o‘lchami asliyatdan kichik bo‘lishi zarur.

Ayni kunlarda tumanimizda reklama vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan qonun mazmuni yuzasidan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Asqarbek QURBONOV,

Jomboy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM