Har qanday kulfatning onasi – g‘aflat va loqaydlikdir

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xalqaro Islom akademiyasi olimlari va tuman sektor rahbarlari aholining turli qatlamlari bilan uchrashib, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, yot oqimlarning insoniyat taraqqiyotiga xavfi haqida suhbatlashishyapti.

Juriyat mahallasida o‘tgan tadbirda tuman hokimi Qayum Sobirov hamda Islom akademiyasi dotsenti, psixolog Azamat Nazarov qatnashdi. Diniy idora vakillari, maktab o’qituvchilari, targ‘ibotchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Darhaqiqat, kishilik jamiyati rivojlanishi bilan jaholat muammosi ham tobora xatarli tus olmoqda. Turli yot oqimlarning muqaddas dinimizni niqob qilib, yoshlar ongi-tafakkurini egallashga urinayotgani barchamizni tashvishlantiradi. Vaholanki, Islom adovat emas, adolat, tinchlik, bag‘rikenglik dinidir.

Uchrashuvda so‘z olganlar bu boradagi fikr-mulohazalarini hayotiy misollar bilan ochib berishdi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi allomalar yurtida nodonlik, ilmsizlikka o‘rin yo‘qligi ta’kidlandi. Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar ta’siridan asrash, giyohvandlik balosi kabi mavzularda mulohazalar bildirildi. Hujjatli filmlar namoyish etildi.

|Shu kabi tadbirlar Eski Jomboy mahallasida ham yuqori saviyada o‘tkazildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM